Dexqonchilik va ushr

Assalomu alaykum! Bir birodarim bir masala yuzasidan murojat qildi. Bir dexqon undan mavsum yakuniga qadar bir ekin maydonidan foydalanib daromad olishni taklif qildi, birodarimiz dexqonchilikdan deyarlik bexabar, dexqonning taklifiga ko‘ra barcha moliyaviy xarajatlarni birodarimiz tomonidan bo‘lishini va yakunda Alloh nasib qilib daromad ko‘rishsa daromadni teng ikkiga bo‘lish (bu erda dexqon moliyaviy sarfni yakunda xisobga olmaslikni chunki u vaqt va iqtidorini sarflashi)ni taklif qildi. Bunda yakun shariatimizning mezoni qanday va ushr qanday xisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kim o‘ziga tekkan ulushidan ushr beradi. Harajat ko‘payib ketsa o‘ndan bir emas yigirmada bir beriladi. Sarf xarajat chiqarilmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar