Amal qilish

Assalomu alaykum! Avvalom bor sizlarga uz minnatdorchiligimni bildirib, quydagi savolimga javob berishingtzni iltimos qilib qolaman. Hurmatli ustozlar,
Bir o‘rtog‘im bilan gap talashib qolib, qayta yarashdik. Oradan vaqt o‘tib, shu masalani yana  ko‘tardi. “Biz kelishib olganmizku” desam, u menga sigaretini tortib “Musulmon odam kechiradi lekin unutmaydi” deb aytdi.
“Sigaretni nimaga tashlamayabsan” desam, “hali irodam sust” deb javob berdi.
Iltimos, shu iborani kimga va qaysi holatlarda ishlatish mumkinligini va
sigaret chekib Islom dini borasida talashishning hukmini to‘lik tushuntirib berishingizni iltimos qilaman. Alloh hammamizni oxiratimizni obod qilsin.
Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أنس بن مالك قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: من ترك الكذب وهو باطل بني له في ربض الجنة، ومن ترك المراء وهو محق بني له في وسطها، ومن حسن خلقه بني له في أعلاها. قال الترمذي: حديث حسن، Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim nohaq bo‘la turib yolg‘onni tark qilsa, u uchun jannatning chekasidan bino barpo qilinadi va kim haq bo‘laturib tortishuvni tark qilsa, u uchun jannatning o‘rtasidan bino barpo qilinadi va kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, u uchun jannatning eng yuqorisidan bino barpo qilinadi” dedilar". (Termiziy rivoyati). Boshqa bir rivoyatda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men shunga kafilman, zominman” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 132 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar