Hibami yoki pora
Assalomu alaykum! «Ijmo’ qilingan fiqhiy va aqidaviy masalalar» nomli elektron kitobidagi quyidagi holatga tushunolmadim. Iktibos:
721. Hiba fosid shartlar bilan botil bo‘lmaydi, deb ijmo’ qildilar. Yani, hiba qiluvchi hiba qilishda o‘rtaga biror shart qo‘ysa, masalan, «falon ishimni qilib bersang» deganga o‘xshash, bu bilan hiba sahihligicha qolaveradi. Hiba qilingan mol oluvchining mulkiga aylanadi... iqtibos tugadi. Bu holatda hibaning poradan nima farqi bor va ushbuga o‘xshash shart bilan berilgan hiba halolmi?
Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda gap ba’zi bir kelishuvlar o‘rtaga qo‘yilgan turli shart orqali bekor bo‘lishi, ba’zilari esa bekor bo‘lmasdan o‘rtaga qo‘yilgan shartlar bekor bo‘lishi haqida ketmoqda. Siz aytgan “falon ishimni qilib bersang shuncha beraman” degan gap bir necha suratlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Birortasini ishga yollashni, buni “ijaraga olish” deyiladi. Masalan “Falon narsamni sotib bersang shuncha xizmat haqi beraman” degani kabi. Vakil qilishni ham, masalan “Sen shu borada mening vakilimisan. Ish yurit, evaziga faloncha maosh olasan” deyish. Ular shar’an joizdir. O‘zi haqdor va loyiq bo‘lmagan narsani o‘ziniki qilish uchun yoki birovning haqqini bekorga chiqarish va o‘zlashtirish uchun “Shu ishni bitirib bersang faloncha beraman” deyish bu poradir. Bulari ajratib olish uchun ularning ta’rifini yaxshilab tushinib olish kerak.Poraning ta’rifiعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan. Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. Sodrush Shahiydonning «Adabul qoziy» nomli kitobida bu haqda quyidagilar aytilgan: «Pora to‘rt xil bo‘ladi: 1. Qozi bo‘lish uchun pora berish. Olganga ham, berganga ham harom. Bu holda u qozi bo‘lmaydi. 2. Qozilik qilgani uchun pora olish. Olganga ham, berganga ham harom va agar haq bo‘lsa ham, hukmi o‘tmaydi. 3. O‘ziga yoki moliga bo‘lgan xavfni qaytarish uchun berilgan pora. Bu olganga harom, berganga emas. 4. Sultonning huzurida holi yaxshilanishi uchun berilgan pora. Olganga harom».HIBANING TA’RIFI«Hiba» muayyan molni birovga evazsiz mulk qilib berishdir. U «hiba qildim», «ko‘ngildan chiqarib berdim» va shunga o‘xshash iboralar bilan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning batamom bo‘lishi majlisda iznsiz bo‘lsa ham, majlisdan keyin izn bilan, qo‘lga olish bilandir. Taqsimlanadigan sheriklik narsada hiba bo‘lmaydi. Taqsimlab bo‘lib topshirsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, elindagi sut va shunga o‘xshash narsalarda ham hiba bo‘lmaydi. (Hali tegirmonda tortilmagan) bug‘doyning unini hiba qilib bo‘lmaydi, garchi keyin tortib, topshirilsa ham. Birovning qo‘lidagi narsani unga hiba qilinsa, tugal bo‘ladi. Xuddi ota o‘zining go‘dagiga hiba qilgan-u, u oqil holida yoki uning bilan turgan tarbiyachisi olgani kabi. Er xotinini uyiga tushirib kelganidan keyin begona kishi xotinga qilgan hibani olsa, mo‘’tabardir. Ikki kishi bir kishiga hovlini hiba qilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Buning aksi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xuddi o‘n tangani ikki boyga hiba qilib bo‘lmagani kabi. Ammo ikki faqirga qilsa bo‘ladi. «Hiba» manfaat beradigan narsani birovga etkazishdir. Hanafiy fuqaholar istilohida esa: Hiba muayyan molni birovga evazsiz mulk qilib berishdir. Bundan vaqtinchalik foydalanib turish uchun yoki ijaraga berilgan narsalar hiba bo‘lmasligi bilinadi. Shariatda hiba mandub amal hisoblanadi. Qur’oni Karim va Sunnatda unga bir necha dalillar bor. Alloh taolo Niso surasida: وَآتُواْ النَّسَاء صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَيْءٍ مِّنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَّرِيئًا «Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering. Agar undan biror narsani sizga rozi bo‘lib bersalar, bas, uni englar. Osh bo‘lsin, ofiyat bo‘lsin», degan (4-oyat). Chin ko‘ngildan qaytarib berilgan mahrni kuyov bemalol qabul qilib olsa bo‘ladi. Alloh taolo Baqara surasida: وَآتَى الْمَالَ عَلَى حُبِّهِ ذَوِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينَ وَابْنَ السَّبِيلِ وَالسَّآئِلِينَ وَفِي الرِّقَابِ «Molini yaxshi ko‘ra turib, yaqin qarindoshlarga, etimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga bergan…» degan (177-oyat). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: تَهَادَوْا تَحَابُّوْا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasalam: «Hadya qilishinglar, muhabbatli bo‘lasizlar», dedilar».Buxoriy va Nasoiy rivoyat qilishgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: تَهَادَوْا، فَإِنَّ الْهَدِيَّةَ تُذْهِبُ وَحَرَ الصَّدْرِ، وَلَا تَحْقِرَنَّ جَارَةٌ لِجَارَتِهَا، وَلَوْ شِقَّ فِرْسِنِ شَاةٍ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «O‘zaro hadya qilishing, chunki hadya ko‘ngildagi g‘illi-g‘ashni ketkazadi. Qo‘shni ayol ayol qo‘shnisiga qo‘y tuyog‘ining bir bo‘lagini bo‘lsa ham berishni haqir sanamasin», dedilar».Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan. Hiba hadya, sadaqa, atiyya va boshqa ma’no hamda muomalalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu istilohlarning ma’nolari bir-biriga juda ham yaqindir. Agar molni muhtoj kishiga evazsiz mulk qilib berishdan Alloh taologa qurbat hosil qilish ko‘zlansa, sadaqa bo‘ladi. Agar molni beriladigan shaxsni ulug‘lab va mehrini qozonish uchun olib borilsa, hadya bo‘ladi. O‘limi oldidan mol ulashish atiyya bo‘ladi. Boshqa holatlarda hiba bo‘ladi. Ulamolarning ijmo’lari ila hibaning barcha turlari mustahab deyilgan. Ayniqsa, qarindoshlarga qilingan hiba juda ham yaxshi hisoblanadi. Ulamolar hiba iyjob, qabul va qabz bilan amalga oshishiga ham ittifoq qilganlar. U «hiba qildim», «ko‘ngildan chiqarib berdim» va shunga o‘xshash iboralar bilan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning batamom bo‘lishi majlisda iznsiz bo‘lsa ham, majlisdan keyin izn bilan, qo‘lga olish bilandir. Taqsimlanadigan sheriklik narsada hiba bo‘lmaydi. Taqsimlab bo‘lib topshirsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Shuningdek, elindagi sut va shunga o‘xshash narsalarda ham hiba bo‘lmaydi. Qo‘yning ustidagi junini, ziroatni, erdagi daraxtni yoki daraxtdagi mevani ham hiba qilib bo‘lmaydi. Chunki bu narsalar hiba qiluvchining mulkiga bog‘lanib turibdi. (Hali tegirmonda tortilmagan) bug‘doyning unini hiba qilib bo‘lmaydi, garchi keyin tortib, topshirilsa ham. Chunki hiba qilayotganda mavjud bo‘lmagan, hibachiga mulk bo‘lmagan bunga o‘xshash narsalarni hiba qilib bo‘lmaydi. Birovning qo‘lidagi narsani unga hiba qilinsa, tugal bo‘ladi. Xuddi ota o‘zining go‘dagiga hiba qilgan-u, u oqil holida yoki uning bilan turgan tarbiyachisi olgani kabi. Ota tirikligida o‘z mulkini farzandlariga hiba qilsa, farzandlar o‘sha vaqtning o‘zida qabz qilib olsalar va ota o‘sha narsani to‘liq topshirgan bo‘lsa, hiba hisoblanadi. Agar ota «O‘lganimdan keyin», degan bo‘lsa, bu holatda hiba bo‘lmaydi, balki meros o‘laroq taqsimlanishi kerak bo‘ladi. Er xotinini uyiga tushirib kelganidan keyin begona kishi xotinga qilgan hibani olsa, mo‘’tabardir. Ikki kishi bir kishiga hovlini hiba qilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Buning aksi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xuddi o‘n tangani ikki boyga hiba qilib bo‘lmagani kabi. Ammo ikki faqirga qilsa bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:21 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom