Qiyomat alomati

Assalomu alaykum! Ustozlar, Saudiyada qor yoqqanligi haqida xabaringiz bo‘lsa kerak. Yozilmishki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor ekan. Qachonki Arab erlarida qor yog‘sa buyam bir qiyomatning katta alomati ekan. Bu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يَكْثُرَ الْمَالُ وَيَفِيضَ حَتَّى يَخْرُجَ الرَّجُلُ بِزَكَاةِ مَالِهِ فَلَا يَجِدُ أَحَدًا يَقْبَلُهَا مِنْهُ، وَحَتَّى تَعُودَ أَرْضُ الْعَرَبِ مُرُوجًا وَأَنْهَارًا. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat hilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Toki mol ko‘payib, to‘lib-toshmaguncha, kishi o‘z molining zakotini olib chiqib, undan qabul qilib oladigan biror kimsani topa olmay qolmaguncha va arab erlari bog‘u anhorlarga aylanmaguncha qiyomat qoim bo‘lmas», dedilar». Ikkisini ikki shayx rivoyat qilganlar. Sharh: Bu erda ham fursat borida sadaqa qilib qolishga targ‘ib bor. Bir vaqtlar kelib, zakotni oladigan odam qolmaydigan bo‘lganidan keyin xayri sadaqani oladigan kishilar bor vaqtda o‘sha savobli ishni qilish lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar