Qur’on o‘qishni o‘rganish, yodlash

Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Hazrat men Qur’onni o‘qishni o‘rganib, uni yod olmoqchi edim. Shuning uchun menda bir-ikki savollar paydo bo‘ldi, iltimos shu haqida menga maslahat bersangiz.1. Hazrat Qur’onni o‘rganish va yod olish uchun albatta muallim bo‘lishligi kerak, bizning qishloqda esa 2 ta qori borlar, birlarini yoshlari o‘tib ko‘z ziyosidan ajrab qolganlar. Ikkinchilarini yoshlari 21-23 oralarida, 1 ta shogirdlari bor, men shulardan tahsil olsam bo‘ladimi?2. Hazrat Qur’on yodlash mabaynida uni namozlarda zam qilish esda qolish uchun samarali usul ekan, men yodlagan oyatlarimni zam qilsam bo‘ladimi? Yoki bitta surani to‘liqligicha zam qilish kerakmi?3. Hazrat men o‘qiyman va ishlayman ham, menga qay vaqtda Qur’on yod olish bilan band bo‘lishni maslahat berasiz?4. Hazrat men ishda o‘tirgan vaqtimda yodlagan oyatlarimni ichimda tilovat qilib o‘tirsam bo‘ladimi?5. Hazrat eng achinarlisi bizning qishloqda din borasida ilmlilar juda kam, uning ustiga ota-onalar xam e’tibor berishmaydi. Mening ham ota-onam bunga biroz qarshilik bildirishadi, sababi ishlaringni qil, keyin o‘rganaverasan deyishadi. Namozga jiddiy e’tibor bersam ular juda qattiq berilib ketma deb qo‘rqishadi. Hazrat agar Qur’on o‘rganishimga ham qarshilik qilishsa men nima qilsam bo‘ladi?Menga yana nima maslahat berasiz? Hazrat ota-onamiz haqlariga duo qiling iltimos. Alloh barcha musulmonlardan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Bo‘ladi.2. Namozdagi qiroatga zam qilishda bitta surani to‘liq qiroat qilish shart emas.3. - Sahar chog‘larida Qur’on yod olsa yaxshi bo‘ladi.4. - Bo‘ladi.5. - Ota-onalarning bolalarining ibodati va ilm o‘rganishiga qarshi chiqishi katta gumrohlikdir. Qaytaga bu kabi narsalarni bolalarga o‘rgatish ota-onaning Alloh taolo huzuridagi burchlari hisoblanadi. Agar ular bolalariga dinda kerakli narsalarni o‘rgatmaslar, qiyomatda javob beradilar.Bas, shunday ekan, o‘zi o‘rgatishi kerak bo‘lgan narasni bolasi yo‘l topib o‘rganayotganda va ibodat qilayotganda ularga qarshi chiqish qanchalar katta gunoh ekanini tushunib olsa bo‘laveradi. Ota-onalar bunchalar nobakor bo‘lmasliklari kerak.

20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar