Savdo aylanmasiga sarmoya kiritish
Assalomu alaykum! Mening ikki tanishim bor (shartli ravishda ularni A va B shaxslar deb nomladim). Ular savdo aylanmasiga olingan pul uchun kafil bo‘lishgan. Ya’ni, A shaxsga uning bir tanishi koka-kola salqin ichimligi savdo aylanmasi uchun mablag‘ zarurligi yuzasidan murojaat qiladi. O‘z navbatida A shaxs B shaxsga sarmoya kiritish borasida yuzlanadi. B shaxs bir tanishi borligini aytadi. To‘rt kishi yig‘ilishadi, tilxat yoziladi, A va B shaxslar tilxatning tagiga guvoh sifatida imzo qo‘yishadi. Pulni pul beruvchi “sherikchilik” deb emas, balki foyda ziyoniga sherik bo‘lmagan holda, belgilangan qo‘shimcha summa evaziga bir yildan oshiqroq muddatga beradi. Oradan 3 oy o‘tadi. Pul olgan odamning korxonasida tekshiruv organlari tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi va korxona faoliyati butunlay to‘xtaydi. Pul olgan odam, muammoli vaziyat yuzaga kelgandan so‘ng olingan pulning uchdan bir qismini qaytarib beradi. Hozirda uning to‘lovga imkoni yo‘q, uyi va avtomobilini ham sotib bo‘lgan. O‘z navbatida, A shaxs B shaxs bilan uzoq yillar davomida do‘stona munosabatda bo‘lib kelganligini, shuningdek pul olgan odam o‘zining tanishi ekanligini inobatga olib, pulning qolgan uchdan ikki qismini o‘z hisobidan to‘lab berishini aytadi va qolgan summaning yarmidan ko‘pini beradi. Moliyaviy holati unchalik durust bulmasligiga qaramasdan, A shaxs pulning qolgan qismini (umumiy summaning 20% miqdorida) yaqin muddatlarda to‘lashini aytadi. Lekin B shaxs pul bergan tanishi bunga ko‘nmayotganligini, pulni ustamasi bilan qaytarilishi lozimligini aytadi. B shaxs “agar pul ustamasi bilan to‘liq qaytarilmasa qiyomatli qarz bo‘lib qoladi” deb aytmokda. Shu to‘g‘rimi? Shu masalaga shar’iy nuqtai nazardan oydindik kiritib berishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni ikki tarafning guvohligi va jonli majlisda ko‘riladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 128 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni ikki tarafning guvohligi va jonli majlisda ko‘riladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 128 | Moliya va tijorat