Ustozi yo‘q odam
Assalomu alaykum! Ustozi yo‘q odamni ustozi shayton bo‘ladi degan gap bor ekan. Shu gap asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozi yo‘q kishi har maqomga yo‘rg‘alashi bor gap. Shuning uchun ustozdan ilm olishda sanadga e’tibor berish zarur. Hozirgi kunda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ilm silsilasi davom etib kelmoqda. O‘sha silsilaga ulanish kerak. Sanad haqida Alloh taolo bir ishni iroda qilsa, uni sabablarini muhayyo qilib qo‘yadi. Alloh taolo islom dinini Qiyomatgacha boqiy qolishi iroda qildi va boqiy qolishi uchun zarur bo‘lgan narsalarni himoyaga oldi. Ularning birinchisi Qur’oni karimdir. Chunki, aavvalgi ummatlar dinining yo‘qolib, ularning zalolatga ketishlariga sabab bo‘lgan narsa ularga nozil qilingan kitoblarining asliy nusxalari yo‘q bo‘lib ketishidir. Bizning dinimizni asosiy manbayi Qur’oni karimni esa Uning Nozil qiluvchisi Alloh taolo o‘zi saqlab qolishni zimmasiga oldi. Qur’oni karimda : Inna nahnu...... oyatini nozil qildi. va bu dinimizning kitobini boqiy qolishi kafolatidir. Alloh taolo kitob nozil qilish bilan birga uni ta’lim beruvchi, tushuntiruvchi, amaliyotda qo‘llashni ko‘rsatib beruvchini ham yubordi. U zot habibimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Bu zot kitobning ma’nolarini to‘g‘ri holda tushinish vositasi edilar. U zotning rasul qilib yuborilishlari kitobni o‘zigina kifoya qilmasligi balki unga tushintirib beruvchini ham kerakligini bildirish uchun edi. shunday ham bo‘ldi. U zot kitobning tilovat qilish usullari bilan birga ma’nolarini ham tushuntirdilar. Kitobni asliy holda qolishini Alloh taolo o‘z kafilligiga oldi. Ma’nolarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushingan va tushintirganlaridek holda qolishi uchun esa, Alloh taolo sodran an sodrin ilm olish yo‘lini joriy qildi va bu ummatdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushintirganlaridek yodlab qoluvchi misli ko‘rilmagan xotira sohiblarini va o‘zlaridan keyingilarga etkazuvchilarni chiqardi. Sahobalar ilm olish maqsadida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ajralmadilar. qoviyyuzobt va kasiyrul mulozamat kishilar maydonga chiqdilar. Ali roziyallohu anhu: "Men Qur’ondagi qaysi oyat qaerda nozil bo‘lgani va nima uchun nozil bo‘lganini bilaman", deganlar. Abbos roziyallohu anhumo haqlarida Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Meni bag‘rilariga bosib: "Allohim unga kitobni ta’lim bergin! "dedilar. deyilgan. Bu kabi duolar sahobalardan Muoviya, Abu Hurayra va boshqa bir necha sahoba roziyallohu anhumlar haqida ham aytilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ummatlariga Qur’oni karimning tilovatini etkazganlaridek, ma’nolarini ham ta’lim berganlar. Qur’onning lafz va talafuz qilish usuli bizlargacha tavotur yo‘li bilan etib kelganidek, uning ma’nolari, fiqhi va amaliy shakli ham tavotur yo‘li bilan etib kelgandir. Jabroil alayhissalom vahiyni qanday omonatdaorlik bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etkazgan bo‘lsa, Payhambarimiz ham o‘shanday holda sahobalarga etkazdilar, ular tobeinlarga, tobeinlar tabaa tobeinlarga ular o‘zlaridan keyingilarga etkazdilar. Har bir hadis, etiqod masalasi va tafsirni o‘zidan keyingilarga etkazuvchi kimdan qanday kishidan etkazayotganini bayon qilardi. Ushbu silsilani sanad deyiladi. Islom dunyoga tarqaldi. Omonatdorlikda ham darajalar paydo bo‘la boshladi va ilmlarni tadvin qilish zarur bo‘lib qoldi. Alloh taolo sutni sutga suvni suvga ajratadigan ulamolarni paydo qildi. Ular Qur’on kitob shakliga keltirilgandek, uning tafsiri, fiqhi, e’tiqodiy masalalar va hadislarni ham kitob shakliga keltirildilar. Ularning kitoblari tavotur darajada dunyoga tarqaldi. Hadisni, masalani va tafsirni bayon qilishda aytguvchi o‘z sanadini aytishga xojat qolmadi. Kitobga havola qilsa bo‘ldi. Lekin fahm sahih bo‘lishi uchun ilmning sodran an sodrin bo‘lish silsilasi esa, qiyomatgacha davom etaishi zarur. Latifa. Hilkar namoz o‘qish. Bu yo‘l eng ishonchli hamda barakotli yo‘ldir Shuning uchun ulamolarimiz kitob musanniflarigacha bo‘lgan sanadlarini davom ettirganlar va ulargacha bo‘lgan silsilani oliy bo‘lishlariga harakat qilganlar va o‘zlaridan kitob sohiblarigacha bo‘lgan sanadni yozib risolacha shakliga keltirganlar. Uni istilohda boni fathasi bilan "sabat" deyiladi. Asbotga jamlashadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar