Ro‘za oyida

Assalomu alaykum! Sizlarga bir tiynli foydasi tegmasada, fakat Alloh roziligi uchun erinmay savollarimizga javob berayotganingiz uchun rahmat. Men in shaa Alloh ramazon oyi kirishidan 3 kun oldin uylanaman. Endi o‘zingiz tushunasiz, yangi kuyov bo‘laman va bu kunlarni juda kutganman. Bir aka “ro‘za oyida kunduzi ayoling bilan qo‘shilish mumkin emas” dedi. Shu rostmi? Ro‘za oyida qo‘shilish mumkin emasmi yoki hatto teginish ham mumkin emasmi? Shu ro‘za oyida eru xotin o‘rtasidagi holatni tushuntirib bersangizlar, iltimos. To‘ydan keyin in shaa Alloh menga foydali bo‘lar edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za oyida qo‘shilish mumkin emas. Agar qo‘shilsangiz o‘sha kunning qazosi va 60 kun kafforat tutib bershingiz vojib bo‘ladi. Teginsangiz g‘usl vojib bo‘ladigan holat sodir bo‘lsa, ro‘za ochilib, kafforat vojib bo‘lmaydi. Ro‘zadan keyin uylaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:27 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar