Qibla oyoqni uzatib yotish
Assalomu alaykum! Qiblaga qarata oyoq uzatib yotish gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat bir necha narsalarni dinning shiorlari qilgan. Ularning ehtiromi qazoan vojib bo‘lmasada, diyonatan vojib hisoblanadi. O‘sha shiorlardan biri Ka’badir. Inson o‘z ota-onasini ulug‘lashlikka buyurilgan. Biror bir hadisda “Ota-onanga oyoq uzatmagin” degan so‘z kelmasada, farzand ota-onasiga oyoq uzatishni beodoblik deb biladi. Shuningdek Ka’ba ham. U tomonga oyoq uzatmaslika haqida hadis kelmagan bo‘lsada, u ishni qilish odobga ziddir. Muhabbatning taqozosi ham bu ishni qilmaslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi muboraklarida : “Kim qibla tarafiga tuflasa, qiyomat kuni uning tupugi ikki ko‘zining o‘rtasida bo‘lib keladi” deganlar. Hanafiy mazhabining ulamolari : “Bino ichida hojat chiqarayotgan holatda ham qiblaga yuzlanib o‘tirishni makruhi tahrimiy deganlar. Chunki bunda qiblaga behurmatlik bordir” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 157 | Ruhiy tarbiya