Ijara masalasi

Assalomu aleykum Hurmatli Shayh Hazratlari. Alloh umringiz va ilmingizni ziyoda qilsin. Ruxsatingiz bilan savolimni bermoqchiman. Bir musulmon birodarom shahar chekkasidagi ko‘lga yaqin joydan bir uy sotib olmoqchi. Uy sotib olishdan maqsad mazkur uyni shanba va yakshanba kunlari yoki sezon paytida (yozda dam olish uchun) boshqa insonlarga ijaraga berishdir. Lekin mazkur birodar biladikim, ijoraga oladiganlar aroq ichishi turgan gap o‘sha ijaraga olgan uyda. Savol: Ushbu maqsadda uy sotib olsa halol bo‘ladimi? Savol oddiy bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin musulmon insonlar shahrlarda uy sotib olib, boshqa musulmon va nomusulmon odamlarga ijaraga berishmoqda (albatta shaharda yashash maqsadida), va o‘sha honadonlarda ham hamr ichilmoqda. Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga xilof ishlarga siz aytgan tarzda ijaraga uy qo‘yish joiz emas. Musulmonlar bu ishni tark qilishlari lozim.

5 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 161 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar