Yashirincha foyda olish

Assalomu alaykum! Men dadam bilan bozorga chiqaman. Menga hamma narsani narxlarini belgilab berishgan. Men belgilangan  narxdan oshirib sotsam, keyin belgilangan summani kassaga solib, qolgan foydani o‘zimga olsam, shu pul menga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas. O‘g‘irlik shundan boshlanadi. Hamma ishingizni oshkora qilishga o‘rganing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar