Kuchada taomlanish

Assalomu alaykum! Ustozlar, ba’zi ovqatlanadigan joylarda piyolalarga aroq quyib ichishadi va uni yuvib tashlab, yana ishlataverishadi. Ba’zilar: «Aroq quyilgan idishni yuvsa, pok bo‘ladi», deyishadi. Haqiqatda ham shundaymi?
Xuddi shunday joylarda piyolasidan foydalanmasdan, kabob yoki shunga o‘xshash taomlarni eb yursak bo‘ladimi? Yoki taqvo qilib, unday joylardan uzoq bo‘lgan yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sirli idishlar uch marta chayqash bilan pok bo‘ladi. Ammo umumiy, ya’ni  tog‘oraga o‘xshash idishlarga botirib chayqasa, poklanmay qolish mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar