Ta’lim sohasi

Assalomu alaykum! Ustozlar pedagogika institutida biologiya yo‘nalishida o‘kiyman. Ma’lumki institutni tamomlab maktabdami institutdami dars beraman. Dars berish jarayonida bolalarni islom ruhida tarbiyalash maqsadida bolalarga dinimiz, shariatimizdan gapirib, ularni dinga da’vat qilsam bo‘ladimi (albatta savob umidida)? 2- savol: Agar shunday da’vat qilishim mumkin bo‘lsa qanchalik diniy bilimga ega bo‘lishim kerak.Avval biror madrasada o‘qib keyin shu ishni qilishim kerakmi ? Hozirda Shayx hazratlarini kitoblarini ketma ketlikda o‘qib boryapman. 3-savol : Musulmon muallim o‘zi qanday bo‘lishi kerak. Bu haqda to‘liq ma’lumot olishim uchun qaysi kitoblarni o‘qishim kerak? 4- savol: Institutning 1- kursida Olloh hidoyat bergandan so‘ng miyamga shunday fikrlar kela boshladi- oxiratimni o‘ylab o‘qishimni tashlab, madrasaga kirib, o‘qishimni diniy sohada davom ettirsammikin degan shu fikrlarga qanday munosabat bildirasiz? 5- savol: biologiya sohasida qanday qilib qiyomat kunigacha savobi etib turadigan, ulkan ajr savoblarga erishsa bo‘ladigan ishlarni qilish mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shunday qilishingiz shart. 2). Sahobalarni hammasi Allohning diniga chaqiruvchi bo‘lganlar. Sanoqlilarigina olim bo‘lganlar. Hazratimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning kitoblarini bir boshdan o‘qib chiqing. 3). “Arrosulul mu’allim” degan kitobni topib o‘qing. 4). Aslo o‘qishni tashlamang. 5). Siz kabi insonlar maktablarda ta’lim berishlari kerak. Aks  holda inson maymundan yaralgan deb o‘zi kofir bo‘lib, minglab musulmon farzandlarni kofir qilayotgan o‘qituvchilar dars berishadi. Siz birinchi bo‘lib Allohni tanishtirib, keyin ahmoqlar mana bunaqa kulgili gaplarni aytishadi deb qo‘ysangiz o‘sha o‘quchlarning qalbiga tushadigan shubha urug‘ini quritgan bo‘lasiz. Chunki hozirda musulmon farzandi bo‘lib ateist bo‘lib ketganlarni birinchi urug‘i o‘sha biologiya darslaridan boshlanmoqda. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 179 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar