Duo qilishda haddan oshish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohim sizlarni ilmingizni va umringizni ziyoda qilsin. Buvijonim duo qilayotganida “Avallambor Alloh sizlarni hamisha O‘z panohida asrasin, Bobongni arvohlari har doim qo‘llab qo‘ltiqlab yursin. Sizlarni Xudoga topshirdim” deb duoni tugatadi. Buvim kabi nomozxon insonlar shunday duolar orqali gunoh qilib qo‘ymaydimi? Ya’ni “Bobongni arvohlari qo‘llasin” deyishi to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Bobongni arvohlari har doim qo‘llab qo‘ltiqlab yursin” so‘zi shariatimizga ziddir. Nima niyatda aytishi ham ma’lum emas. Shuning uchun duolari orasida shu so‘zni aytmasligini iltimos qiling va to‘g‘ri tushuntirishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 166 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar