Dasturchilik fiqhi
Assalomu alaykum! Men hozirda dasturchilik yo‘nalishida tahsil olmoqdaman. Insha Alloh yaqinda ish boshlayman. Shuning uchun, ishga kirishdan avval men bu kasbning fiqhini bilib olmoqchi edim. Lekin qaerdan o‘rganishni bilmasdan sizlarga murojaat qilayotgandim. Shu narsada menga yordam berib yubora olaslarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birovlar qilgan g‘oyalarni egasini ruxsatisiz olib ishlatish, ko‘chirish kabi ishlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Xullas mualliflik haqqlariga rioya qilish kerak.
Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 126 | Turli savollar