Bamdod vaqtida uxlash haqida

Assalomu alaykum! Bomdod namozi o‘qilgach, to quyosh chiqishigacha uxlash makruh ekan. Men yashayotgan joyda bahor, yoz va kuz fasllarida kunlar uzun bo‘ladi. Sutkaning yorug‘ vaqti uzunligi 20 soatdan oshib ketadi. Yoz faslida yarim kechasi xufton vaqti kiradi va yarim soat o‘tgach bomdod o‘qiladi. Quyoshning chiqishi esa uch-to‘rt soat o‘tgachgina bo‘ladi (ya’ni shom va bomdod namozlari vaqti juda uzun bo‘ladi). Shu vaziyatda bomdodni o‘qib olib so‘ng uxlayverishga ruxsat berilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ish holatingiz shuni taqozo qilsa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:38 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar