Joiz yoki joiz emas
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Koreyadan berilgan savolda shunday deyilgan “Shartnomada kompaniyadan boshqa joyda ishlash mumkin emasligi, lekin biz nafsning ko‘yiga kirib, har zamonda kompaniyadan boshqa joyga chiqib ishlab kelayabmiz. Shu ishimiz bilan va’dasiga xilof qilib, munofiq bo‘lib qolmayabmizmi” degan. Javobda marhum Ustozimiz “va’daga xilof qilmanglar” deganlar. Bizga shuning o‘zi kifoya qiladi. Ba’zi do‘stlarimiz “biz yakshanba kuni chiqib ishlaymizku. Shuni aniq qilib so‘rab bering” deyishdi. Ish joyimizdan boshqa joyda ishlash mobaynida bizni ushlab olishsa jarima to‘latadi. Chunki shartnomada boshqa joyda ishlash mumkin emas. O‘sha ishni shar’an joiz yoki joiz emasligini bilib berishimni iltimos qilishdi. Sizday ustozlarni bizlarga qoldirib ketgan Hazratimizdan Alloh rozi bo‘lsin. Duolarda eslab turingizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimizning “va’daga xilof qilmanglar” degan gaplari kifoya qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimizning “va’daga xilof qilmanglar” degan gaplari kifoya qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom