Niso-19
Assalam alaykum hazrat. Sizga tafsir oqish jarayonida paydo bolgan savolimni yollayapmanNiso surasini 19 oyatida :"Ey iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalarningizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa".Mavlono Muftiy Muhammad Shofiyning "Ma‘ariful Qur‘an" nomli tafsirlarida oyatdagi "Ochiqa fohisha ish"dan murod bazilar zino, bazilar erga itoatsizlik deb tafsir qilishgan ekan. Er xotinini oziga itoatsizlik qilgani uchun taloq qilayotgan bolsa, demak mahrni qaytarib olish huquqiga egami?Kopchilik ajrashish hollarida ayoldan yoki erkakdan ayb otib, taloqqacha boriladi. Lekin ayb kimdaligini bunday holda kim hal qiladi? Er xotinini aybdorligini ta‘kidlab tursa, xotin esa erni aybdorligini takidlab tursa mahrni qaytarish yoki qaytarmaslikni kim echib beradi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda mahrni qaytarish yo‘q. Mahrni qaytarish xulu’da bo‘ladi. O‘zingiz keltigan oyatda “bergan narsalarningizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab turmang” deyilmoqda. Taloq qilmang deyilgan emas.
27 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush