Al adab al mufrad

Assalomu a‘laykum muhtaram ustoz.Qilayotgan din yo‘lidagi ishlaringizga Alloh taolo o‘zi baraka, rahmatini ziyoda qilsin. " Al adab al mufrad" kitobiga qilingan sharh "Odoblar haziynasi " kitobingizda biz tushunmagan ba‘zi so‘zlarga izoh bersangiz :1.Iyjob,qabul,qabz(ikkinchi juz 139-bet)2.lobud (ikkinchi juz 144-bet)3.mandub,soqit,nazr4,(Ikkinchi juz 149-bet 428-hadis)Iyoz aytadi:"Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urush qilar edim.Islomga kirishimdan oldin u zotga urg‘ochi tuya hadya qilgan edim,qabul qilmadilar va :"Men mushriklarning ko‘pigini olmayman",-dedilar ".Ushbu hadisda "ko‘pik "so‘zi qo‘llanilishi ma‘nosi nima?5.Odatda ko‘p insonlarda hikmatli va yaxshi gaplarni yon daftariga yoki shunga o‘xshash vositalarga yozib qo‘yish bor.Biz ham kitoblaringizdan ba‘zi hikmatli yaxshi joylarini yozib qo‘ysak bo‘ladimi?Olayotgan ilmlarimiz dinimiz,o‘zimiz uchun xayrli bo‘lishini so‘rab bizlarni ham duo qilib qo‘ysangiz.Assalomu ‘alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savdolashayotgan ikki tarafdan biri savdoga rag‘bati borligini bildirishi iyjob deyiladi. Misol uchun, menga manabu kitobni ming so‘mga sotasanmi, deyishi. Mol gasi bu kabi gapga rozi bo‘lib, ha, sotaman, desa, qabul bo‘ladi. Xaridor sotib olgan narsasini qo‘lga olishi qabz deyiladi.- Lobudd – bo‘lishi kerak.«Mandub» szi luatda ыilinishi rabatli gzal ish matsnosini bildiradi.«Musta’ab» szi luatda ma’bub narsani izlash matsnosini bildiradi.Mandub yoki musta’ab, yaxshi ish blib, Rasulullo’ sollallo’u alay’i vasallam doimiy ыilmagan amallardir. Mandub va musta’ab amalni ыilgan odam savob oladi. Ularni tark ыilgan odam iыob ыilinmaydi.- Soqit – tushgan.«Nazr» so‘zi lug‘atda yaxshilik yoki yomonlik va’da qilishni anglatadi. Unda ogohlantirish ma’nosi bordir. Ya’ni, bir odam biror ishni qilishini, albatta, lozimligini o‘ziga ogohlantirish bo‘lishi uchun nazr qiladi.Shariat istilohida esa, aslida shariat bo‘yicha lozim bo‘lmagan, qurbat hosil qiladigan ishni o‘sha ma’noni anglatuvchi lafz ila o‘ziga lozim qilib olishni «nazr», deb ataladi. Misol uchun, «Alloh uchun ming so‘m sadaqa qilaman» yoki «Alloh uchun uch kun ro‘za tutaman» kabilar. - Bu hadisdagi “ko‘pik” oqava, befoyda ma’nosini bildiradi.- Unday narsalarni yozib yursangiz bo‘ladi.Alloh barcha bandali qotorida hammamizni O‘z himoyasida asrasin.

5 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 146 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar