Qadr kechasida jamoa bo‘lib namoz

Assalomu alaykum! Qadr kechasida qarindoshlar yoki yaqin dugonalar yig‘ilib birgalikda namoz o‘qiganlarini guvohi bo‘lamiz. Aslida qadr kechasida hamma birgalikda zikr, duo va namoz o‘qib chiqqanligi joizmi yoki hamma o‘zi ibodatini qilganligi durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qadr kechasi faqat banda va Alloh bo‘ladigan kechadir. Bu kecha hamma Allohning huzurida tilanchidan ham muhtojroq holatda bo‘lib tilanadigan kechadir. Taqdiri hal bo‘ladigan kecha. Sirdoshlar bir bo‘ladigan kechadir. O‘zgalarni aralashtirmaslik kerak. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar