Hadis qudsiy

Assalomu alaykum! Abu Zar G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh azza va jalladan rivoyat qilib dedilar: «Alloh taolo aytadi: - Ey bandalarim, agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz orangizdagi bir eng taqvodor insonning qalbidek (taqvodor) bo‘lsa ham bu Mening mulkimga hech narsa ziyoda qilmaydi. - Ey bandalarim, agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz eng fojir insonning qalbidek (fojir) bo‘lsa ham bu Mening mulkimdan biron narsani kamaytira olmaydi. - Ey bandalarim, agar avvalingiz-u oxiringiz, insu jinlaringiz bir joyga to‘planib Mendan (hojatlarini) so‘rasalar va Men ularning har biriga so‘ragan narsasini berganimda ham, bu Mening huzurimdagi narsalarni igna dengizga botirilganda (dengiz suvidan) qanchalik kamaytiradigan bo‘lsa, o‘shancha miqdorda kamaytiradi». oxirgi jumlada dengiz suvidan kanchalik kamaytiradigan bulsa ushancha mikdorda kamaytiradi. ustozlar juda kattik vasvasa bulib kiynalyapman. ALLOH ni xuzuridan zarra narsa kamaymaydi. bu xaddis kuddusida shuncha mikdorda kamaytiradi deyilyapti. iltimos tushuntirib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uni “o‘shancha ham kamaytirmaydi” deb tushuning. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar