Benzin puli

Assalomu alaykum! Bir necha yil avval men benzin quyish shahobchasida ishlardim. Bir kuni bir kishining mashinasiga adashib ketib, u bergan puliga nisbatan ancha kam benzin quydim. U kishi "kam quyilmadimi?" deb so‘radi. Men esa "sizni aldab nima qilaman" dedim. Ammo u kishi ketgach adashib kam benzin quyganimni bilib qoldim. Pulini kassaga topshirgandim. U kishini kelishini kutdim, ammo uni boshqa ko‘rmadim. Shu holatda men birovning haqini egan bo‘lamanmi? Uni rozi qilish uchun nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egasini topa olmasangiz o‘shancha miqdor pulni u kishining nomidan biror miskinga sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar