Abubakr ismini qo‘yib bo‘lmaydimi
Assalomu alaykum! Yaqinda juma namozida imom ma’ruzalari oxirida bir birodarimizdan duo so‘rab yangi tug‘ilgan farzandimizga Abubakr deb ism qo‘ydik shu farzandimizni duo qilib qo‘ysangiz deb iltimos kelib tushdi. Imom aytdilarki bu ismni almashtiring Abubakr ism emas deb aytib o‘tdilar. Agar farzandga shu ismni qo‘yilgan bo‘lsa almashtirish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bakr, har bir ishda ilg‘or, peshqadam ma’nosini bildiradi. Abu esa shu peshqadamlikning sohibi degani. O‘zgartirish shart emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar