Ota onam haqida
Assalamu Alaykum ustoz. Alloh umrizni ziyoda qilsin. Men bir necha savollar bilan sizni bezovta qilayapman. Ota-onam va bir ikki masalalar bo‘yicha. Ota-onamni yoshlari. Dadamlarni yoshlari 65 Onajonimni yoshlari 56. Ular kaminus payti bolaliglari o‘tganlar. Ming afsuski dadam hali ham ichadilar. Ichmang dada sog‘lig‘izga zarar desam, Menga vrachlarni o‘zi aytgan oz-ozdan ichib turing deb aytadilar. Bugun kechga yaqin ishdan qaytib kelsam yana rosa ichib olibdilar. mendan pul so‘radilar, men yo‘q degandim roza jang qildila. Men oldilaridan chiqib ketdim. ular honamga kelib meni urshib rosa yig‘ladilar. Men unday bo‘lishini hohlamagandim. Men hozir qanday holatdaligimni Allohdan bo‘lak hech kim bilmaydi. Undan kiyin Onamlar ham To‘ydan kelib ular ham rosa gapirdilar. Bugun sinifdoshimni to‘yi. O‘zi namozhon afsuski toyini islomiy qilmadi. Allox harom qilgan aroq qo‘yib qildi. men bormadim. Onajonim qo‘shnilar bilan borib hamma sinifdoshlarimni ko‘rib qo‘shnilar o‘g‘liz qani nimaga to‘ylarga kemidi deb ichlarini kuydirishibdi. Onajonim uyga kelib rosa gapirdilar, nimaga sinifdoshlaringa qo‘shilmisan deb. Ustoz shunga o‘xshagan turli savollarim bor. Agar bemani yoki kimdur shu savolni bergan bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman buni ilmsizligim deb biling. 1) savolim. Ota ichganda o‘g‘lidan hafa bo‘lib yiglasa bola oq bo‘ladimi ? 2-Odamlarni ko‘zi uchun to‘ylarga borsa va to‘yda hech narsa emay hech kimga yaniy nomahramlardan ko‘zini saqlab nomiga ko‘rinib kesa bo‘ladimi? 2chi savolimni nafsim uchun berayotganim yo‘q faqat qarindoshlar ham shunday to‘y qilib qolsa bormasam Onajonim qattiq hafa bo‘lishidan qo‘rqaman. Qarindoshlarni diyarli hammasasi johillar Tushintirsam tushunmaydilar. 3-savolim shunday to‘ylarga to‘yona bersa bo‘ladimi? Ota-onamga Alloxga taqvo qilishim yoqmayapti. nimaga hammaga o‘hshamisan deb koyidilar yani Tug‘ilgan kun, Ichkilik qo‘yilgan to‘ylarga bormisan, hayitdan boshqa bayramni bilmisan shunga o‘hshagan gaplar bilan koyidilar. Ustoz bu sinovligini bilaman. Lekin bunga qanday sabr qilishni bilmayapman. O‘rgating ustoz. Har namozimda ota onam haqqiga duo qilaman. Abu Hurayra r.a. Payg‘ambarimiz s.a.v. dan Onalarini haqqiga yig‘lab duo qilishlarini so‘raganlar. Men ham sizda shuni so‘riman ota onamni duo diling iymonlarini bersin. Alloh umringizni ziyoda qilsin bizni bahtimizga. Agar be odobli qilgan bo‘lsam uzr ustoz. Alloh Ota onalarimazni va hammalarimizni gunohlarimizni kechirsin. Assalamu Alaykum. Vr. Vb.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mast otaning oq qilish bir pul. Parvo qilmang.- Unday to‘ylarga avval borib uzr aytib keling.- To‘yona berishning hojati yo‘q.
3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mast otaning oq qilish bir pul. Parvo qilmang.- Unday to‘ylarga avval borib uzr aytib keling.- To‘yona berishning hojati yo‘q.
3 May 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar