Nikohgacha zamonaviy yurish
Assalomu alaykum! Aziz uztozlar, javoblaringizdan ancha narsani o‘rganib, dinga qiziqishim ortmoqda. Alhamdulillah. Lekin iltimos birinchi «shaxsiy» yuborgan savolimni javobsiz qoldirmanglar. Bilaman javob bermasligingiz ham mumkin, lekin shu mavzu ko‘p tortishuvlarni olib kelayapti. Ko‘pchilik bo‘lib javobini kutayapmiz. Rahmat. Endi ruxsatingiz bilan bir savolim bor edi. O‘zim xohlagan qizga unashtirildim, judayam xursandman. Ikkalamiz birdaniga dinga qiziqa boshladik. To‘g‘ri uchrashib gaplashish mumkin emas. Unga yopiq kiyin desam o‘sha kuniyoq ro‘mol o‘radi. O‘sha kundan muommolar boshlandi, uni uydagilari tinch qo‘ymadi, qarindoshlari ustidan kulib «eskicha», «kampir» deb masxara qila boshlashdi. Menga har kuni yig‘lardi, lekin nolib emas, balki “nega uydagilarim meni bu yo‘lga boshlashni o‘rniga menga qarshi” deb. Qisqasi men “mayli to‘ygacha oddiy va zamonaviyroq bo‘lib yurib tur, to‘ydan keyin shunaqa yurasan” dedim va u shunaqa yuribdi. Lekin meni xayollarim buzilib, unaqa yurishi umuman yoqayapti. Shu kiymni orqasidan har kuni janjal, ko‘chada yursak kimdur sal qarasa o‘sha bilan urishib ketayapan. To‘ygacha shunday yursa men dayus bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri va shariatga zid ish qilayapsiz ekan. Pardada bo‘lish faqat kiyinish bilan bo‘lmaydi. O‘sha mazax qilinadigan o‘rinlarga, nazar tushadigan joylarga borilmay, ko‘rinmay uyda bo‘lish yoki millatimizga mansub kiyimlar bilan avrat joylarini berkitish ham mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar