Salmon Forsiy roziyallohu anhu haqlarida

Assalamu alaykum! Aziz ustozlar qilayotgan hayirli ishlaringizni Alloh o‘zi munosib mukofatlasin. Salmon Forsiy roziyallohu anhu haqlarida ma’lumot kerak edi. Asli qaerlik bo‘lganlar, qachon tug‘ilib, qachon, qaerda va necha yoshlarida vafot etganlar? Izlash xizmatidan topa olmadim iltimos. Allohim O‘zi rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://siyrat.uz/?p=84]https://siyrat.uz/?p=84Savol: Salmoni forsiy roziyallohu anhu 250-350 yil yashagan ekan, deb eshitdim. Shu gap rostmi?Javob: Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ala Rasulillah, ammo ba’d:Bu ehtimoldan juda yiroq gap bo‘lib, hijriy 250 yili vafot etgan Abbos ibn Yazid Bahroniyga nisbat berilgan, ya’ni uning nomidan aytilgan.Imom Zahabiy boshchiligidagi muhaqqiq ulamolar Bahroniy nomidan qilingan rivoyatning isnodi yo‘qligi tufayli hujjatga yaramasligini va buni tasdiqlaydigan boshqa birorta ham ishonchli dalil yo‘qligini aytishadi.Agar rostdan ham Salmon roziyallohu anhu 250 yil yashagan bo‘lganlarida edi, albatta, sahobalardan bu haqda ko‘plab ishonchli rivoyatlar kelgan bo‘lardi.Darvoqe, Salmon roziyallohu anhuning hayotini chuqur o‘rganib chiqqan Imom Zahabiy singari ulamolar u kishining 75-80 yil umr ko‘rganini ta’kidlashgan va bunga qator misollarni keltirishgan. Ana shu misollardan biri, Salmon roziyallohu anhu Madinaga qul qilib olib keltirilganida va Payg‘ambarimiz alayhissalom bilan uchrashishdan sal ilgari xurmo daraxtlari uchiga bemalol chiqib, tushib mehnat qilar edi… Vallohu a’lam.(Manbalar: Zahabiy, «Siyaru a’lomin nubalo», 1/; «Fatovo ash-shabakatil islomiya», 8/5521). 

26 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 183 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar