Allohning ismlarini aytish
Assalomu alaykum! Bir do‘stim Allohning bir ismini 70 marta aytsen mana shu dardingdan forig‘ bo‘lasan deb maslaxat berdi. Savolim shundan iboratki shunga o‘xshash narsalar xaqida bizda biron bir gap bormi yoki xadisi shariflarda aytilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُواْ لِي وَلاَ تَكْفُرُونِ 152. Bas, Meni zikr qiling, sizni eslarman. Va Menga shukr qiling, kufr keltirmang.
Ushbu oyat o‘zi qisqa bo‘lishiga qaramay, olam-olam ma’no kasb etadi. Alloh taolo O‘zi yaratgan, hayot va rizq hamda boshqa kerakli narsalarni bergan bandalariga:
«Meni zikr qiling», – demoqda.
Xo‘sh, Alloh bu ojiz bandalarining eslashiga muhtojmi? Yo‘q, u behojat Zot. Hamma muhtojlik bandalarda. Lekin bu amr bandalarga yaxshilik etishi uchundir. Ular Allohni zikr qilib, eslashlari ila Alloh taoloning ularni zikr qilishiga, eslashiga erishadilar. Ammo zikr bilan zikrning farqi bor, albatta. Hech narsaga arzimaydigan ojiz bandaning eslashi qayda-yu, olamlarning Parvardigori bo‘lgan Alloh taoloning eslashi qayda! Banda qanday, qachon va qaerda eslaydi? Alloh-chi?
Imom Buxoriy Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo:
«Ey odam bolasi! Agar Meni o‘zing eslasang, Men ham seni O‘zim eslayman, agar ko‘pchilik ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida eslayman», – degan.
«Va Menga shukr qiling, kufr keltirmang».
Shukr qilish ne’mat beruvchi Zotga maqtov so‘zlarini aytish va ne’matni uni bergan Zotning roziligi uchun ishlatish bilan bo‘ladi. Ammo tili bilan shukr desa-yu, amali bilan Allohning aytganidan boshqani qilsa, kufroni ne’mat qilgan bo‘ladi. Mo‘min-musulmon doimo Allohni zikr etib, Unga shukr qilgandagina, ishi olg‘a bosadi.
Endi keladigan oyatlarda zikr, shukr va kufrning turli holatlari bayon qilinadi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ 153. Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘¬ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir” deb marhamat qilgan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Ammo 70 marta deb chegaralagan joyi yo‘q.
Vallohu a’lam!
8 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar