Peshin namozining oxirgi vaqti

Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokatux! Meni peshin namozining oxirgi vaqti borasida savolim bor edi. Men «Izlash xizmati» dan foydalanib ozgina bo‘lsada izlandim. Ammo bu masalani tushunishim ozgina qiyin bo‘lyapti. Shu sabali «Zikr axlidan» so‘rasam maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Savol: Peshinning oxirgi vaqtini belgilashda ulamolarimiz ikki xil ijtihod qilgan ekanlar. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay, har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha», deganlar. Imom Abu Yusuf, Muhammad va Zufar rahmatullohi alayhim: «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay, har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lguncha», deganlar. Biron sabab peshin namozini kechiktirishga to‘g‘ri kelib qolsa qaysi vaqtgacha kechiktirilsa bo‘ladi? Ya’ni «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay, har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha»mi (buni men bizda taqvimda qo‘rsatilgan «Asr» namozining vaqti kurguncha o‘qib olsa bo‘ladi deb tushundim) yoki «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay, har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lguncha» mi? (bunda «Asr»  namozining birinchi kirish vaqti bo‘lsa kerak deb tushundim. Masalan, bizdagi taqvimda  «Asr» namozi bugun 18:00 bo‘lsa, birinchi kirish vaqti 16:27 deb ko‘rsatilyapti). Uzundan uzun savol yozib Sizlarni vaqtingizni olayotganim uchun uzr so‘rayman! Allox Sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir nasaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lguncha. 16:27 asr vaqti kirishi, Zavol paytidagi soyani hisobga olmay, har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lguncha fatvosiga ko‘ra belgilangan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar