Namozni boshlash uchun bu shartmi?

Assalamu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. savolim quyidagicha: Dadam ancha yillardan buyon Rossiyada ishlaydilar, oxirgi paytda namozlarini tark qilib qo‘yganlar va tez-tez ichadilar, men o‘zim ham hozir ular bilan birgaman ularga ichkilikni tashashlarini va namozni boshlashlarini iltimos qilib ko‘p marta gapirdim va nihoyat boshlamoqchilar, gap shundaki ular menga ichkilikni tashlab namozni boshlash uchun halol luqma yani baliq eb eb boshlash kerak emish. Men bu narsani birinchi marta eshtishim, shu gap to‘g‘rimi? Shunchaki Allohdan panoh so‘rab yaxshi niyat bilan boshlayversa bo‘lmaydimi?! Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baliq eb boshlash degan narsa bekor gap. Halqumni va badanni haromdan saqlash va tozalash kerak. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar