Zakot soqitmi?

Assalomu alaykum! Men Allohga shukr Alloh qodir qilganicha masjid solishda yordam qilayapman. Hisoblab ko‘rsam mening uchdan bir qism pulim shu masjidni qurishga ketar ekan. Endi menga zakot hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Zakot berish muddati kelgunicha sarflab turaverasiz. Muddat kelganida, qo‘lingizda qancha miqdorda mablag‘ bo‘lsa, o‘shaning qirqdan birini zakotga chiqarasiz. U muddatgacha olib qo‘yilgan qurilish materiallari hisobga kirmaydi.

26 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar