Bid’atlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, yaxshi bilamiz yurtimizda bid’at marosimlar talaygina. Ularga karshi kurashilayapti, fatvolar bor, lekin shunga karamasdan davom etayapti. Masalan uch, etti, yigirma, qirq va yil kabi marakalar. Endi omi xalq tushunarliku, lekin ularning ichida taqvodor ko‘ringan, soqoli uzun ular asosan Tojikistonga borib pirga qo‘l berganlar xam qatnashishadi. Ulardan so‘ralsa ba’zi birlari domla Hindistoniyni fatvolar bor bunga deyishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Domla Hindistoniy shu marakalar ruxsat berganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hoji Hindistoniy domla rahmatullohi alayh kommunistlar taz’yiqi juda kuchli bo‘lgan davrlarda hayot kechirganlar. Bir necha bor qamalganlar, umr bo‘yi ko‘chib hayot kechirganlar. U kishi asosiy e’tiborlarini ixtilof chiqmaydigan iymon va farz ibodatlariga qaratganlar. Xalq tark qilishi uzoq tushintiruv va ma’lum muddat kerak bo‘ladigan urf-odatlarga ko‘z yumishga majbur bo‘lganlar. O‘zbekiston yangi mustaqil bo‘lgan vaqtlarda bid’atga qarshi chiqilganda kelib chiqqan nizo, bir-birini kufr va fosiqqa chiqarish zararidan ko‘ra uni biroz kechiktirishni ma’qul ko‘rganlar. Chunki ustozimiz yosh bola sutdan ajraganda bir necha kun sutning ishqida baqirib chaqirib yig‘laganidek xalq o‘zi o‘rgangan narsadan ajralishi qiyin bo‘lishini, bundan manfaat ko‘rganlarni ham voz kechishi qiyin bo‘lishini bilganlar. Hozirgi kunga kelib ilm keng tarqaldi, tafsirlar yozildi, xalq Qur’on nima va u nima uchun Alloh taolo tarafidan yuborilganini tushunib eta boshladi. Vatanimiz farzandlaridan aqiyda, tafsir, hadis, fiqh va qiroat sohasida mutaxassis bo‘lgan kishilar etishib chiqishdi. Xalq ham bid’atni nima ekanligini tushuna boshladi. Natijada shariatda yo‘q bid’atlar xalqning boshiga balo ekanligi, savob o‘rniga gunoh ekanligi, rahmat o‘rniga Alloh taoloning g‘azabi yog‘ilishiga sababchi ekanligi tushunchasi paydo bo‘ldi. O‘lganlar ichida etim merosxo‘rlar qolsa ularni molini eyish do‘zaxning o‘tini qorinlariga eyish ekanligini tushindilar. Marhumlar uchun eng ulkan savob birinchi o‘rinda ularni qarzlarini to‘lash, namoz ro‘zadan fidyalarini ado qilish, imkoni boricha, maxsus kunlargagina chegaralab qo‘ymay, har doim, beriyo, holis Allohning roziligini talab qilib, qodir bo‘lganicha ehsonlarni qilish ekanligini tushundilar. Shu o‘rinda bid’at nima ekanligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Bid’at so‘zi arab tilida lug‘aviy jihatdan yangilik ma’nosini bildiradi. Din istilohida esa din ichida bo‘lmagan va keyin paydo bo‘lib xalq “uni savobli” ish deb olgan yangilikka aytiladi. Bid’at borasida so‘z yurituvchilar ko‘p o‘rinlarda lug‘aviy bid’at bilan istilohiy bad’atni chalkashtirib qo‘yadilar. Lug‘aviy bid’at deb har bir yangilikka aytilaveradi. Masalan kiyinishdagi, eb ichishdagi, elektr jihozlardagi oldin bo‘lmagan yangiliklar kabilar. Bularning hammasi arab tilida lug‘aviy jihatdan bid’at deyiladi. Buni dinga hech qanday aloqasi yo‘q. ikkinchi bid’at istilohiy bo‘lib, u ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi “Al bid’atu liddiin” ya’ni dinni qo‘llab quvvatlash va taraqqiyoti uchun paydo qilingan bid’atlar. Masalan din ilmlarini olish uchun madrasalar qurilishi, ilmlarni turli yo‘nalishlarga bo‘lib chiqilinishi, azon aytishda ovoz kuchaytirgichlardan foydalanish, ilmni targ‘ib qilish uchun turli musobaqalar uyushtirish kabilar. Ba’zilar buni “Bid’ati hasana” ham deyishadi. Muhaqqiq ulamolar “Al bid’atu liddiin”ni bid’ati hasana deb nomlashning o‘rniga “Maa yunaalu bihii ilalvaajibi fa huva vaajibun” ya’ni qaysi bir ish bilan vojibni ado qilishga etiladigan bo‘lsa o‘sha ishni qilish vojibdir degan qoida ostiga kiritadilar.
Ikkinchisi “Al bid’atu fiddiin” ya’ni dinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, tobe’in va taba’ tobe’inlar zamonasida savob beriladigan ibodat deb bilinmagan ishlarni savob beriladigan ish deb dinga kiritish. Bunga siz aytgan 3-7-20-40 va yil, hayt kunlari savob bo‘ladi deb musibatxonalarga eshikma-eshik kirib chiqishi, shariat mutloq sunnat deb belgilagan amallarni o‘zlari tarafidan qaysidir kunlarga, qaysidir amallarga qaydlab olishi. Masalan ziyorat qilish mutloq sunnat amal, xalq esa “chorshanba va shanba kuni kasal ziyorat qilish makruh” deydi. Hatto muboh ishlarga ham chegara qo‘yib olishgan. Ya’ni kechqurunda kir yuvib bo‘lmaydi, oz-moz puli borlar kechqurunda qarz berib bo‘lmaydi, yoki sut sotib bo‘lmaydi va hokazo. Bularni sanab adog‘iga etib bo‘lmaydi. Bularning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytargan bid’atlar ostiga kiradi. Endi tafsirlar o‘qiylik, hadislar o‘qiylik va fuqaholarimiz ulardan ijtihod qilgan masalalarini o‘qiylik va ularga amal qilaylik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar