Imkon izlash

Assalamu alaykum! Muhtaram "Zikr ahlidan so‘rang hay’ati", men hozir chet elda haydovchilik qilaman. Men ishlaydigan marshrut yo‘nalishidan daromad topish, boshqa yo‘nalishdagilarga nisbatan ozroq. Aslida vatanimda oylab bir so‘m ham topmagan kunlarim bo‘lgan, yani ishsiz edim, ish topa olmas edim. Eng asosiysi katta qarzim ham bor. Shu sabab ham Allohdan so‘rab, rizqim sababini axtarib o‘zga yurtda ishlab yuribman. Men ko‘prok pul topish ilinjida, daromadi ko‘proq yo‘nalishdagi marshrutga o‘tib olsam, boriga shukur qilmayotganlardan bo‘lib qolmaypmanmi? Yani, “Allohga noshukurlik bo‘lmaydimi” deb o‘ylab arosatda qoldim. Tashakkur va ehtirom ila, O‘sh shahridan Odiljon. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istixora qilib ko‘ring. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar