Taqsimlanmagan foydadan zakot #2
Assalamu alaykum! Avvalgi savolimda ba’zi narsalarni yorita olmagandim. Birinchidan, 1-yil zakot berilganda ish qilgan odamning puli zakot nisobiga etgan bo‘lsada, hali bir yil to‘lmagan bo‘lgan, boshqa puli ham yo‘q. Ikkinchidan, 1-yil zakot berilganda tovarlarning qoldig‘i narxi hisoblangan va natijada foyda ko‘payib ketgan, uni sotish, tashish va boshqa xarajatlar hali hisobga olinmagan. Masalan, 40 so‘m pul tikkan odam puliga tovar olib kelingan va 100 so‘m baholangan, 100 so‘mdan 2,5 so‘m zakot chiqarilgan va 60 so‘m foyda bo‘lib qolgan. Tovar sotish xarajatlaridan keyin esa 70 so‘m qolgan va foyda 40 so‘m bo‘lgan. Ushbu holatda hali foydani olmaganligi uchun 1-yil berilgan zakot, pul tikkan hisobidan bo‘lgani adolatliroq bo‘ladimi yoki 40 so‘mdan 1 so‘m zakot pul tikkan hisobidan va 60 so‘m foydadan 1,5 so‘m zakot o‘rtada ulushga qarab taqsimlangani adolatliroqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishining moli nisobga etsa, hali bir yil to‘lmasidan avval zakotini bersa va bir yil to‘lgan paytida ham mol (avvalgi miqdoridan kamaysada) nisobdan kamaymagan bo‘lsa, chiqargan zakoti zakot o‘rnida bo‘ladi. Ya’ni yil to‘lmasidan bergan zakoti o‘sha yilning zakoti bo‘ladi. Yil to‘lmasidan avval berib, yil to‘lganida qo‘lidagi moli nisobdan kamayib ketsa, agar chiqarilgan zakot (egalariga berilmay)turgan bo‘lsa, zakot chiqaruvchining moliga qaytariladi va o‘zi ishlatsa ham bo‘ladi. Agar zakotga haqdolarga berib yuborgan bo‘lsa, sadaqa bo‘lib ketadi.
Sheriklardan biri o‘z nomidan bergan zakoti boshqa sherikning hisobidan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 145 | Zakot