Avvalgi savolim haqida
Assalamu alaykum! Avvalgi savolimda Payg‘ambarimiz Muxammad sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuga o‘rgatgan namoz haqida so‘ragandim. Unda shunday yozilgan Ekan “To‘rt rak’at namoz o‘qi. Birinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Yaasin» surasini o‘qi. Ikkinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Haa miym» – «Duxon» surasini o‘qi. Uchinchi rak’atda «Fotiha» bilan «Alif. Laam. Miym. Tanziylu…» – «Sajda» surasini o‘qi. To‘rtinchi rak’atda «Fotiha» bilan mufassaldagi «Taborak» surasini o‘qi” deyilgan ekan men tushunmagan narsam shu tarzda o‘qilsa tartib buzilmaydimi? Ya’ni “Sajda” surasi qolgan suralardan avvalda kelar ekan. Iltimos yordam beringlar. O‘sha namozning niyati nima deb qilinishligi haqida ham aytib beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozda uchinchi rak’atda birinchi va ikkinchi raka’atdagi suradan yuqoridagi surani ham o‘qish joiz. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar