Uzatilgan qizning ustidagi haqlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, izlash bo‘limidan topa olmadim uzr. Takroriy savol bo‘lsa ma’zur tutgaysizlar. Ota-onaning turmushga uzatgan qizining ustidagi haqqlari haqida shariatimizda nimalar deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqat sog‘-salomatlik holatida ota‑onaning ziyoratiga bir haftada bir marta er ruxsat bermasa ham borishga, agar ular bemor bo‘lsalar, keragicha borishga ayolning shar’iy haqqi bor. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar