Evropada aqiyqa qilish

Assalomu alaykum! Biz Evropa mamlakataridan birida istiqomat qilamiz. Bu erda shaxsan qurbonlik qilish uchun sharoit yo‘q. Nasib etsa biz aqiqa qilmoqchimiz. Bu erdagi "islamic relief" tashkiloti aqiqa qilmoqchi bo‘lgan musulmonlardan pul olib, asosan Afrika davlatlariga borib qurbonlik qilisharkan. Lekin aqiqa uchun qurbonlik har kvartalda bir marta amalga oshirilarkan xolos. Shu tashkilotga pul o‘tkazsak va ular ko‘rsatilganidek boshqa davlatga borib qo‘y so‘yishsa, shu aqiqa hisobiga o‘tadimi? Aqiqani dinimzda tavsiya etilganidek 7, 14 yoki 21 kunlarda qilmasdan keyinroq bajarsa ham bo‘ladimi? Qilayotgan hayirli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkisi ham bo‘ladi. Savobi ham ko‘proq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 153 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar