Ko‘p marta ichilgan qasamning kafforati qanday bo‘ladi?
Ustoz, man köp yolg‘on qasam ichib qöyganman. Taxminan 20 martalar. Kafforatini qanday qilib beray. Qasamning kafforati xaqda bilimim yöq. Iltimos örgating, Ustoz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Arab tilida «kafforot» so‘zi bir narsani yaxshilab, hech ham ko‘rinmaydigan qilib to‘sib berkitishga aytiladi. Shariatda esa, sodir etilgan gunohni yuvish uchun ado etiladigan moliyaviy yoki badan ibodatiga «kafforot» deyiladi.Ichgan qasamini buzishga majbur bo‘lgan inson ado etishi vojib bo‘lgan kafforot quyidagicha:1. O‘nta miskinning qornini to‘ydirish.Mazkur miskinlarni to‘ydirishdagi o‘lchov kafforot beruvchi o‘z ahliga beradigan o‘rtacha taom miqdoridir. Agar kafforot ado etishi lozim bo‘gan shaxs o‘nta miskinga taom berishni xohlamasa, ikkinchi xil kafforotni ado etishi ham mumkin:2. O‘nta miskinga bir sidra kiyim olib berish.Kiyim ham o‘sha vaqtning, joyning va qavmning o‘rtacha kiyimi bo‘ladi. Agar bu ham yoqmasa, uchinchi xil jazo ham bor:3. Bir qul ozod qilish.Qasamini buzgan kishiga kafforot uchun belgilangan jazo choralaridan Islom diyni beva-bechoralarga, kambag‘al-miskinlarga qanchalik e’tibor bilan qaragani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Shuningdek, bu mukammal va olamshumul diynning qulchilikka qarshi bo‘lgani va qullarni ozod qilishga qattiq uringani ham ko‘rinib turibdi. Islomda bu ishlar gunohlarni yuvadigan ibodat darajasiga ko‘tarilgani e’tiborga sazovordir. Og‘ziga kuchi etmaydigan, o‘ziga e’tibor qaratish va bir ishni qilish yoki qilmasligini ta’kidlash maqsadida Alloh taoloning nomi ila qasam ichib, so‘ngra o‘z qasamiga sodiq qola bilmagan odam, aslida, Allohga nisbatan katta beodoblik qilgan bo‘ladi. Bu ishning jazosiga boshqacharoq chora ham belgilash mumkin edi. Ammo Alloh taolo aynan faqiyr, miskin va qullarga mehr ko‘rsatib, ularning foydasini ko‘zlovchi choralarni belgilagan.Qasamini buzadiganlarning hammasi ham o‘nta miskinni to‘yg‘izadigan yoki ularga bir sidra kiyim olib beradigan yoxud bir qul ozod qilish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Ularning ichlarida kambag‘allari ham bo‘lishi turgan gap. Ana o‘shandoq imkoni yo‘q qasamxo‘rlarga o‘ziga xos jazo chorasi belgilangan:4. «Kim topa olmasa, bas, uch kun ro‘za tutsin».Demak, qasamini buzgan odam kafforotni ado qilish uchun o‘nta miskinni taomlantirish yoki shuncha adaddagi miskinga kiyim-bosh olib berish yoxud bir qul ozod qilishga moliyaviy imkoni yo‘q bo‘lsa, uch kun ro‘za tutib, kafforotni ado etishi vojib bo‘ladi. Avvalgi uch jazo chorasining ichidan birini tanlash ixtiyoriy bo‘lishi bilan birga, to‘rtinchi jazo chorasini ado etishga faqatgina mazkur uch chorani ado etishga imkoni yo‘q kishilargina muyassar bo‘ladilar.Shariatimizda qasamini buzgan kishilar uchun kafforot ado etishni joriy qilishda avval zikr qilingan foydalardan tashqari, tarbiyaviy omil ham bor. Qasamini buzgan odamga kafforot ado etishni vojib qilishda uni o‘ziga keltirish va va’z-nasiyhat omili bor. Bir marta kafforot ado etishga majbur bo‘lgan inson keyin har gapini yaxshi o‘ylab gapiradagan va Alloh taoloning nomi ila qasam ichishdan oldin o‘ziga bir nazar soladigan bo‘ladi. Uning holini ko‘rgan boshqa kishilar ham ibrat olib, gaplarini o‘ylab gapiradigan bo‘lishadi.
29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 162 | Boshqa ibodatlar