Peshin va Asr namozlari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, peshin bilan asr nomozlarning farzida, agar yolg‘iz o‘qisa, qiroatini ovoz chiqarmay takbir jumlalarini ovoz chiqarib o‘qish kerakmi yoki xuddi sunnat singari o‘qiladimi? Agar ikki yoki uch kishi bo‘lib o‘qisachi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘iz namoz o‘quvchi sunnat namozlari kabi o‘qiydi. Ikki yoki uch kishi bo‘lib o‘qishsa, faqat takbirlarnigina ovoz chiqarib, qolganlarini maxfiy o‘qishi vojib. Jahriy bo‘lgan bamdod, shom va xuftonlarni yolg‘iz o‘quvchi sunnatni o‘qigani kabi o‘qishi afzal. Goho masjidlarda jamoatdan kechikib qolgan kishilar yolg‘iz o‘zlari o‘qisada, sunnatlarni o‘qiyotgan kishilarga halaqit beradigan darajada ovozlarini chiqarib o‘qishadi. Birinchidan kishi jamoatdan kech qolgani uchun hijolat bo‘lishi kerak, aybini yashirishi kerak va odamlardan ajrab, ularga halaqit bermaydigan holatda namozlarini ado qilishi kerak. Mabodo “Menga birortasi kelib iqtido qilsin” degan umidi bo‘lsa, kelibyu qo‘shilgandan keyin qiroatni jahriy qilishga o‘tadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar