Namozdagi bir rukn

Assalamu alaykum! Aziz ustozlar, namozni nuqsonsiz o‘qish niyatida, uning hukmlarini yaxshiroq o‘rganib olaman degan maqsadda kitoblarni mutolaa qilayapman. Ammo kitoblarni o‘qiganim sari, ulardagi har xillikni ko‘rib savollar paydo bo‘lmoqda. Albatta namoz ichida xatolar qilib qo‘yamiz, yoki tutulib qolish holatlari bo‘lib turadi. Shunda bu xatolarni sahv sajdasi bilan tuzatgan bo‘lamiz. Savol aynan tutulib qolish, kechiktirish to‘g‘risida: "Tahorat va namoz" deb nomlangan android ilovada (versiya 1.0 loyixa muallifi: Abu muslim, dasturchi: Alisher Axmedov) sahv sajdasiga oid bo‘limida namozdagi "Bir rukn uch tasbeh yoki bir uzun oyat va yoki uch qisqa oyat miqdoricha belgilanadi" deb yozilgan ekan. Shunga amal kilib kelayotgan edim. Ammo, yaqinda Hazratimiz(rohimahulloh)ning "Mo‘minning me’roji" kitoblaridan namozdagi "Bir rukn (farz) bir tasbeh bilan belgilanadi" degan gapni o‘qib, menda ushbu holat bo‘yicha siz ustozlardan so‘rash ehtiyoji tug‘ildi. Qaysi biriga amal qilganimiz ma’qul. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ehtiyot tarafini olganlar. Chunki inson ba’zi o‘rinlarda qancha turganini ham bilmay qoladi. Bu gap u kishining o‘zlarining gaplari emas, balki fuqaholarning katta jamoasining gapidir. Vallohu a’lam.
[url=https://fiqh.uz/index.php/ibodat/namoz/662-sazhdai-sa-v-vozhib-b-ladigan-ruknni-kechiktirish-mi-dori]https://fiqh.uz/index.php/ibodat/namoz/662-sazhdai-sa-v-vozhib-b-ladigan-ruknni-kechiktirish-mi-dori

26 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar