Dindan chiqib qayta nikoh

Assalomu alaykum! Bizni uyga qaynonam folbin olib keldi va olov bilan tozalatdi. Ovsinimni xonasida issiq sovuq qilingan ekan va uni nomoz o‘qiydigan odam 20 marta Fotiha 20 marta Ixlosni o‘qib yomonlikka sovutib tashlabdi. Men bunga boshda ishondim va bu haqida bir necha marta gapirdim buni noto‘g‘ri ekanini va bu bilan dindan chiqib qolganimdan shubhadaman. Qayta nikoh o‘qitaylik deb aytyapman, shu fikrim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U bilan dindan chiqadi deb xayolga bormang. Lekin qattiq gunoh qilibsizlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar