Turli hashoratlar

Assalomu alaykum! Pashsha, tarakan, chayon, sichqon va o‘rgimchak kabi mayda hasharot va kemiruvchilar uyda paydo bo‘lsa, ularni turli yo‘llar bilan yo‘qotilsa(masalan o‘ldirilsa) uning gunohi yo‘qmi? Chunki shu kabilar har xil mikrob va iflosliklar tashaydi, ayniqsa sichqon. Shunday vaziyatda nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jonzotlardan beshtasi fosiqdir. Ularni Haramda ham o‘ldirilaveradi. Ular: qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va quturgan it», dedilar».
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar