Xizmat uchun qo‘shimcha pul

Assalomu alaykum! Men AQShda taksi haydayman. Bu erda qilgan xizmatingiz uchun qo‘shimcha “Tip” degan to‘lov ya’ni choy chaqa berish odat tusiga kirgan. Shu jumladan taksi uchun. Tip asosan umumiy summani 15-25-30 foizi miqdorda bo‘ladi( ihtiyoriy albatta). Manzilga yetib borgach pul hisoblagichni o‘chiraman. Mijozning naqd pul bilan bergan pulini olaman va aytgan pulini qaytimini beraman. Agar mijoz bank kartasi bilan to‘lamoqchi bo‘lsa to‘lov ekranida yuqoridagi ulushlardan birini yoki boshqa bir summa kiritiladigan tugmalardan birini bosib summani kiritish kerak boladi. Uzoq masofa yol bosganimda choy chaqa katta pulga aylanadi. Kimdir uzi rozi bolib kimdir ikkilanib tipni kiritadi. Men bu paytda hech narsa demasdan turaman. Savolim shuki, bu pullar men uchun halolmi? Ribo emasmi? Ko‘nglim joyiga tushishi uchun nima qilay?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qoida shuki ; Olinadigan haq biror bir mol yoki xizmat evaziga bo‘lishi shart. Xizmatingiz yoki molingizdan ortiqchasini berib, evazsiz berayotganiga rozi bo‘lsa, sizga bu hadya bo‘ladi. Agar ortiqcha berayotganini bilmay yoki ikkilanib(rozi bo‘lmay) bersa, olishingiz halol bo‘lmaydi. Sizga berayotgan kishi qaysi dinga taalluqli bo‘lishining farqi yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar