Namozning hikmati

Assalomu alaykum! Ustozlar, bizni taqdirimiz Allohning kitobida dunyo yaralmasdan oldin yozilgan bo‘lsa, unda nega namoz o‘qishimiz kerak? Savolim o‘rinsiz bo‘lsa mingbor uzr. Alloh silardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عُمَرَ أَنَّهُ قَالَ لِلنَّبِي صلى الله عليه وسلم: أَرَأَيْتَ مَا نَعْمَلُ فِيهِ أَقَدْ فُرِغَ مِنْهُ أَمْ في شيء مُبْتَدَإٍ أَوْ أَمْرٍ مُبْتَدَعٍ؟ قَالَ: فِيمَا قَدْ فُرِغَ مِنْهُ فَقَالَ عُمَرُ: أَلاَ نَتَّكِلُ؟ فَقَالَ: اعْمَلْ يَا ابْنَ الْخَطَّابِ فَكُلٌّ مُيَسَّرٌ، أَمَّا مَنْ كَانَ مِنْ أَهْلِ السَّعَادَةِ فَيَعْمَلُ لِلسَّعَادَةِ وَأَمَّا أَهْلُ الشَّقَاءِ فَيَعْمَلُ لِلشَّقَاءِ. Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga : Biz amal qilayotgan narsadan foruq bo‘linganmi yoki endilikda bo‘ladigan narsalarmi? Shuni xabarini bersangiz – dedi. U sollallohu alayhi vasallam : “Undan foruq bo‘lingan” dedilar. Umar “Shunga suyanib qo‘ya qolmaymizmi” dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam : “Amal qil ey Xattobning o‘g‘li. Barcha muyassar qilingandir. Kim saodat ahlidan bo‘lsa, saodat uchun amal qiladi va kim shaqovat ahlidan bo‘lsa, badbaxt bo‘lishga amal qiladi” dedilar". (Musnadi Abu Ya’lo).
Ushbu hadisga binoan kim nima uchun yaratilgan bo‘lsa, Alloh taolo uni o‘sha amalga muvaffaq qiladi. Jannat ahlini jannatga olib boruvchi amallarga, jahannam ahlini jahannamga olib boruvchi amallarga muvaffaq qiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar