Mavlud to‘y
Assalamu alaykum! Mening onam hozir 63 yoshdalar. U kishi payg‘ambar yoshi, to‘y, mavlud to‘y qilmoqchi. Men ikkita qo‘y so‘yib shu mavlud to‘yiga qo‘shib xatna to‘y qilmoqchi edim. Bizning shu ishimiz to‘g‘iri bo‘ladimi? To‘yda mavlud kitobini o‘qitmoqchimiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Jazakallohu xoyron.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozlarimiz har bir o‘tgan kuni, oylari va yillari uchun marsiya o‘qir edilar. Farzand ko‘rgan bo‘lsangiz qo‘y so‘yib, aqiqa qiling. Qur’oni Karimdan boshqa biror kitobni o‘zini o‘qilishining e’tibori yo‘q. Mavlidlarda o‘qiladigan qasidalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga oid bo‘lib, maqsad u zotning yanada ko‘proq tanish, hayotlarini o‘rganish va u zot yashaganlaridek yashashga harakat qilishdir. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar