Noan’anaviy qarash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agarda men foydalanayotgan jixozimni yoki markabimni, yoki iste’mol qilishim mumkin bo‘lgan maxsulotni ishlab chiqaruvchi korxona egasi, yoxud uni boshqaruvchi raxbari qarashlari noan’anaviy bo‘lsa masalan erkak bilan erkak oila qurishiga haqli  deb bilsa, men u ishlab chiqargan maxsulotidan foydalanishim joizmi? Agarda u korxona ko‘rayotgan daromadi shu noan’anaviy yo‘nalishni qo‘llash uchun sarflanayotgan bo‘lsachi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulardan foydalanishingizni hech qanday zarari yo‘q. Qachon qozi ommaviy tarzda xalqni ularning savdosidan qaytarsa shundagina tark qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar