Qazo va kafforat ro‘zasi

Assalamu alaykum!  Hurmatli ustozlar. Hozirgi qishning kunlarida qazo yoki kafforot ro‘zalarini tutish maqsadida har kuni ro‘za tutsa bo‘ladimi? Qazo va kafforot ro‘zasini birdaniga niyat qilsa ham bo‘ladimi? Savolim 2 ta bo‘lib qolganini odobsizlikka buyurmaysizlar, chunki shu doiradagi savol bo‘lgani uchun vaqtlaringizni tejashga yordam berish maqsadida shunday qildim. Alloh rozi bo‘lsin. 

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qazosi bor odamlar tutishi shart. Qazo bilan kafforatning niyatini jam qilinmaydi. Shu g‘animat kunlarda kafforatni tutib olsa, qolganlarida qazolarini tutib boraveradi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 171 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar