Vafot etgan kishining pulidan zakot berish

Assalamu alaykum Shayx hazratlari! Dadajonim tushimga kirib hadeb “Guli kitob, kitoblarimga qara” deb, kitob javonlariga qarab tiqilib turibdilar ekan. Shu vafotlaridan 5 kundan keyin meroslarini shariat bo‘yicha taqsimlashdi. O‘shani ertasi kuni shu tushni ko‘rdim. Balki bu tasodifdir yoki ishorami bilmadim, bir haftadan keyin qaynakam kelib kitoblarini so‘radilar hojibobo o‘qib turgandilar shuni bersangiz deb, o‘sha kitobni qidirib dadamni kitoblarini titib tashladim, keyin taxlayotib 3500 aqsh dollarida pul topib oldim, balki dadam qabrlarida o‘sha puldan so‘ralgandir. Alloh bilguvchi! Alloh mehribon! Savolim bu pul haqida dadam hayotliklarida hech kimga aytmaganlar, biz, akalarim qarichilik sabab bu pul dadamni eslaridan chikib ketgan deb taxmin qildik, taxminan 2007 yildan beri u kitobni orasida turgan, shu pulga zakot beriladimi? Agar berilsa qancha bo‘ladi? Alloh sizga sabr bersin! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Qimmatli vaqtizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Merosxo‘rlarga taqsimlangandan keyin nisobga etadigan bo‘lsa, beriladi.

5 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar