Qora hinno haqida ma’lumot

Assalamu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, men savol javoblarni kuzatish mobaynida "qora hinno bormi" degan savolga "qora hinno bo‘lmaydi" degan javobingizni o‘qib qoldim. To‘g‘ri hinnoning qorasi bo‘lmaydi, ammo "basma" degan o‘simlikdan tayyorlanadigan bo‘yash mahsuloti bor, shu haqida o‘quvchilarga ma’lumot bermoqchi edim. Uni kukunini rangi to‘q zangori, hinno sotuvchi attorlarda bo‘lishi kerak. Shu "basma" sochni qoraytiradi va doimiy ravishda undan foydalanilganda sochlar to‘kilishini va ularga oq tushishini oldini oladi. Vallohu a’lam. Allohim barchalarimizi O‘zi rozi bo‘ladigan bandalaridan qilsin, Amiyn!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gap bo‘yoqning hinno yoki boshqa narsa bo‘lishida emas, balki sochni qoraga bo‘yash mumkin emasligi haqida bo‘lgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar