Fotostudiyadagi suratlar

Assalomu alaykum! Akamni yosh bolalarni rasmga olishga mo‘ljallangan fotostudiyalari bor. Bolalar va kelgan mehmonlarga qiziqarli bo‘lishi uchun fotostudiyani turli rasm, qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar bilan bezaganlar. Ularning orasida qo‘lda chizilgan jonli narsalarning suratlari, o‘yinchoqlari mavjud. Bular atayin yosh bolalar e’tiborini tortish uchun va aynan bolalar fotostudiyasi bo‘lgani uchun qo‘yilgan. Izlash xizmatidan “uyda jonli narsalar surati turishi joiz emas”ligini bildik, ammo buning hukmi qanday? Ya’ni bolalar uchun bezak sifatida?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat hukmlari hamma joyda bir. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar