"Inshaalloh"ni ichda aytish mumkinmi?
"Hadis va hayot" silsilasining 14-15-juzlari bulmish "Qasamlar, nazrlar va ov" kitobini mutolaa qila turib, o‘zim anchadan beri ikkilanayotgan bir masala yana yodga tushdi. Men tijorat soxasida faoliyat yuritaman va mijozlarimning ko‘prog‘ini rusiyzabon insonlar tashkil etishadi. Qaysidir mahsulot turi menda yo‘q bo‘lsa yoki tugab qolgan bo‘lsa, ular mendan ushbu mahsulotni keltirishimni iltimos, qilishadi va qaysi kunga olib kela olishimni so‘rashadi. Men ularga o‘z mo‘ljalim buyicha bir kunni aytaman va ichimda "inshaalloh" deb qo‘yaman. Chunki ular oxirgi jumlani tushunmasligi, tushunmasdan "nima dedingiz? " deb so‘rab ham qolishi mumkin. Ba’zida shu ishim joizmikan, "inshaalloh"ni ham jahriy aytishim kerakmasmikan, deb o‘ylab qolaman. Sizdan iltimos, mening, ahlim va farzandlarimning haqqiga duo qilib qo‘ying, farzandlarimning ilmiga amal qiladigan olimlardan bo‘lishini juda xohlayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qilganingiz to‘g‘ri. Ammo ovoz chiqarib aytavering. So‘rab qolishsa, javob berasiz. Ular ham xabardor bo‘lishadi. Hozir boshqa millatlar ham bu kabi narsalarni anglab borishmoqda. Alloh istak va xohishingizdan a’losin bersin!
27 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 173 | Aqiyda